Popup

Главная » Скачать музыку


Ma’lum bo‘lishicha, hozirda erkaklar mamnuniyat bilan foydalanadigan buyumlarning ko‘pchiligini ayollar ixtiro qilgan ekan. Sovitgich, zirhli jilet va hattoki pivo ham ayol kishilar tomonidan o‘ylab topilgan. Yuqori texnologiyalar sohasidagi ba’zi dongdor ixtirolar ham aynan ayollarga tegishli ekan. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Quyosh batareyalari

Doktor Mariya Telkes va uning hamkasbi Eleanor Reymond quyosh batareyalari ishlab chiqish sohasida yangilik yaratuvchilar bo‘ldi. Telkesning ilmiy ishlari unga ko‘plab mukofotlarni keltirdi va “aqlli uylar” texnologiyalari uchun asos qilib olindi.

Simsiz aloqada foydalaniladigan texnologiyalar

Olima va aktrisa Xedi Lamarr AQSh floti uchun radioaloqa sohasida innovatsiya yaratdi, u Bluetooth va Wi-Fi’ga o‘xshash bo‘lgan texnologiyalar uchun asos bo‘ldi.

Mikroto‘lqinli pech

Jessi Kartrayt maishiy texnikada ko‘plab foydali texnologiyalarni o‘y ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 20.03.2017 | Комментарии (0)


Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, har kuni tongda oyna oldida soqol olish erkaklar umrining o‘rtacha 180 kunini band etar ekan. Mazkur kunlik yumush ko‘pchilik erkaklar uchun yoqimsiz mashg‘ulot hisoblansa-da, uning foydali tomonlari ham yo‘q emas. Masalan, soqol olish natijasida yuz terisi o‘ziga xos massaj qilinadi. Shuningdek, yuz terisidagi eskirgan, halok bo‘lgan hujayralardan tozalanadi. Bu esa terining sog‘lom bo‘lishiga xizmat qiladi.

Kosmetologlar 17-18 yoshdan boshlab muntazam soqol olishni tavsiya etishadi. Bu jarayonda tonggi soqol olish to‘g‘ri tarzda amalga oshirilishi lozim. Shunda yuz terisi ham, tuklar ham zarar ko‘rmaydi.

Soqol olishning ikki xil usuli mavjud – quruq va nam.

Birinchisi, elektr soqol olish uskunasi yordamida soqol olish hisoblanadi. Bu usul odatiy ustara bilan soqol olishdan ko‘ra oddiyroq va xavfsiz bo‘lib, nisbatan kam vaqt oladi ham. Biroq bunday vositalarni sotib olishda e’tiborli bo‘lish talab etiladi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 19.03.2017 | Комментарии (0)


Har bir inson sodani yoshligidanoq eslaydi. Buvilarimiz va onalarimiz uni pishiriqlarga solishgan, idish yuvishda foydalanishgan. Hozirgi kunda tozalovchi vositalar turli xil, shu sabablimi, sodadan juda kamdan-kam odam foydalanadi. Lekin sodaning siz eshitmagan boshqa xususiyatlari ham ko‘pgina.

1. Ozuqa sodasi barcha hidlardan halos etadi. Masalan, sovutgich, axlat qutisi, poyafzal javoni deysizmi, yoqimsiz hiddan qutilish uchun, shunchaki kerakli joyga sodani sepib qo‘ysangiz kifoya.

2. Sodadan antatsid o‘rnida foydalaniladi, ya'ni oshqozonda kislota darajasini kamaytiradi. Jig‘ildon qaynashida bir choyqoshiq ozuqa sodasini bir stakan suvda aralashtirib olish lozim. Biroq bu maqsadda sodadan haddan ziyod ko‘p foydalanish mumkin emasligini inobatga olish zarur.

3. Ozuqa sodasi vannalar uchun mo‘ljallangan qimmat tuzlar o‘rnini bosa oladi. Bunday vanna yallig‘lanishlarni oldini olishda yaxshi natijaga ega bo‘ladi. Agar siz toliqib, asablaringiz h ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 19.03.2017 | Комментарии (0)


Xonaki gullar uchun banan po`sti eng samarali o`g`it hisoblanadi. Banan po`sti tarkibida ko`plab foydali moddalar bo`lib, ular gullarning tomirini mustahkamlaydi, faol o`sishiga ko`maklashadi va chiroyli gullashiga zamin yaratadi.

1. Eyilgan banan po`stini shisha idishga solib, ustidan suv to`ldirib bir kunga ivitib qo`ying.

2. Tayyor energetik kokteylning bir qismini boshqa idishga solib, suv bilan aralashtirib oling.

3. Gulga doimiy ravishda ushbu mo`jizakor vositadan quyib turing.

4. Qizig`i, bir dona banan po`stini bir necha marta ivitib, o`g`it sifatida foydalanishingiz mumkin.

5. Agar sevimli gulingiz nobud bo`layotgan bo`lsa, uni shoshilinch ravishda o`ziga keltirish uchun banan mevasidan foydaling. Buning uchun bananni sanchqi bilan ezib yarim stakan suv quyib, aralashtiring. So`ng gulga quying, mana ko`rasiz, u darrov asl holiga єaytib, sizni yana xursand qilishda davom etadi.

6. Dala-hovlida yashovc ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 19.03.2017 | Комментарии (0)



Ba`zi insonlar kimgadir yordam bermoqchi bo`lib, boshqa birovga pand berib qo`yadi-yu, keyin nadomat olovi ichida qovriladi. Qilgan ishini, oqibatini anglab etganida esa qo`lidan hech narsa kelmaydi. “Yuragimda saqlaganlarim...” sahifasiga ana shunday vaziyatga tushgan ayol qo`ng`iroq qildi. Ismini sir turishimizni so`rarkan, “Mening aytganlarimni albatta yozing”, deya qayta-qayta tayinladi...

— Bu voqeaga juda ko`p vaqt bo`lmadi. Olti-etti oy o`tgandir oradan. Men esa mana oylar ichida yuragimni hovuchlab, pushmonlikning achchiq oshini tatib yashayapman, — deb boshladi ayol so`zlarini. — Ota-bobolarimiz bejizga “Etti o`lchab bir kes”, demagan ekan. Men qilayotgan ishimni atigi bir marta “o`lchab” ko`rdimmi? Yo`q! Hovliqib qoldim.

Nufuzli idorada rahbar lavozimida ishlayman. Ko`pchilik hurmat qiladi, aytganlarimni so`zsiz bajarib, “ustoz, ustoz”, deb yurganlar ham yo`q emas ... Читать дальше »


Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 08.03.2017 | Комментарии (0)



Birovning bolasini kelin qilgach, oyoqni uzatib keksalik, yo`g`-ey, nimalar deyapman, hayot gashtini suraman deb turganingda har xil gap-so`zlar, g`idi-bidilar chiqmasa-da! Xudoga shukrki, bizning oilada unday bo`lmadi. Sababi o`g`limning hayoti mening hayotim emasligini unutmadim va quyidagi o`n besh amalni qo`llagan holda oilamdagi tinchligu barqarorlikni saqlab qoldim…

1. Xomxayollarga berilmadim. Ko`plab dugonalarim kelinlari ularni yaxshi ko`rmasligidan nolishardi. Men esa xayron bo`laman: axir, qanaqasiga umuman begona odamni (qaynona bo`lsa ham yangi kelin uchun hali begona-da) birdaniga yaxshi ko`rib qolish mumkin? Hurmat qilishi, hayiqishi, hatto qo`rqishini tushunsa bo`ladi, ammo yaxshi ko`rib qolishi uchun vaqt kerak. Shuning uchun kelinim ilk kunlardanoq meni yaxshi ko`rishini talab qilmadim.

2. Kelinim meni «oyijon» deb chaqirishini istamadim. O`zi qaysi kelin birinchi bo`lib o`ylab topgan buni? Biz qaynonamizni shunch ... Читать дальше »


Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 08.03.2017 | Комментарии (0)



Har bir ayol o`z turmush o`rtog`ini juda yaxshi bilaman, deb o`ylaydi. Aslida ham shundaymikan?.. Axir har bir insonning u erkak yoki ayol bo`lsin, har birimizning o`zimizga xos, yashirin xislatlarimiz bo`ladi. Agar turmush o`rtog`ingizning ana shunday ochilmagan qirralari haqida bilishni istasangiz, uning qanday uxlashiga bir nazar soling.

Ko`pchilik ayollar erlarining xurrak otishidan nolishadi. Garchi bunday erkaklar kunduzi mehribon, e`tiborli bo`lishsa-da, xurrak baribir ayollarni asabiga tegadi. Xurrak fiziologik jarayon, ammo erkak kishi buni tuzatishni istamasa, yoki tan olmasa, demak u xudbin.

Agar erkak kishi bola yig`isini eshitib, narigi yonboshga chappa qarab olsa, demak, u oilaviy muammolardan xoli bo`lgisi kelyapti. Farzandlar tug`ilishi odatda oila boshlig`idan katta mas`uliyat talab qiladi. Ko`pchiligi otalik hissini chuqur his qilib, bunga mas`uliyat bilan yondashadilar. Ammo ba`zilar bu rolga tayyor emasliklarini sezib qolishadi. ... Читать дальше »


Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 08.03.2017 | Комментарии (0)


Ayol kishi erkakka tog` deb suyanadi, bog` deb ishonadi. Ayolni sevadigan, uni himoya qiladigan, ro`zg`or yukining og`ir tomonini elkasiga oladigan, bolalarini parvarishlab avaylaydigan va umr yo`ldoshiga faqat sevikli yor emas, o`rni kelganda ota, yaqin do`st sifatida elka tutib beradigan inson har qanday ojizaning orzusi. Umuman, ideal erkak bu. Lekin hayotda hammasi boshqacha bo`ladi. Erkaklar va muammolar masalasini ko`tarishimizga aynan ana shu «boshqacha» vaziyatlar sabab bo`ldi.
Avvalo, boshidanoq aniqlashtirib qo`yaylik. Hamma erkaklar ham muammodan qochavermaydi. Bu borada ularni bir necha turga ajratish mumkin:

a) muammoni echadigan;

b) muammodan qochadigan;

v) faqat muammo yuzaga keltiradigan;

g) yo`q joydan muammo o`ylab topib, uni o`zi echib, qahramon bo`lishga intiladigan. Sanayversang, yana turlari ko`payaveradi. Ammo asosiylari hozircha shu. Har bir turning o`zini oqlaydigan va yoqlaydigan dalillari ko`p. Keling ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Bugun yoshlar orasida turli energetik ichimliklar urfga kirgan. Ularning inson salomatligi uchun zarari yo`qmi?

Marxabo Kenjaeva, Toshkent sh.

Qamariddin BOQIEV, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi mutaxassisi:

— Energetik ichimliklarning haddan ortiq iste`moli kishi salomatligi uchun salbiy ta`sir qilishi, shubhasiz.

Birinchidan, bu turdagi ichimliklarni bir kunda ko`pi bilan ikki banka iste`mol qilish mumkin xolos. Me`yordan ziyodi arterial bosimni oshirib, qondagi shakarning ortishiga olib keladi. Yurak-qon tomir, gipertoniya singari xastaliklari bor kishilar energetiklarni umuman ichmaganlari ma`qul.

Ikkinchidan, energetiklardagi vitaminlar organizmimiz uchun zarur bo`lgan multivitamin kompleksning o`rnini bosa olmaydi. Qolaversa, energotonik kishiga quvvat bermaydi, aksincha organizmning ichki rezervi ishlatilishini faollashtiradi. Natijada, kishi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Qon aylanishining buzilishi – qo‘llarning sovuq holatga olib keluvchi eng ko‘p tarqalgan alomat.

Qo‘l uchlari xattoki iliq havoda ham muzlab qoladimi? Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin: harakatsizlik natijasida qo‘llar qavarishidan tortib jiddiy patologiyagacha. Bu holda zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak.

Fiziologik sabablar

Agar qo‘llaringizni uchi doim muzlab qolsa, sabab o‘z fiziologiya xususiyatingizda bo‘lishi mumkin. Odatda, barmoqlar muzlashining quyidagi sabablari mavjud:

– Qon aylanishining ishdan chiqishi. Bu qo‘llar sovuq qotishining eng ommalashgan sabablaridan biridir. Shunday insonlar borki, ular tug‘ilganidan qon tugallangan tana a’zolariga juda sekin yetib boradi va natijada doim muzlab qoladi. Shu bilan birga yomon qon aylanishi ba’zi kasalliklarga ham aloqador bo‘lishi mumkin: xolesterin ortishi, yurak kasalligi va boshqalar.

– Qon bosimining tushib ketishi. Agar siz gipotonik bo‘lsang ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Amerikalik biologlar muzlatgichda saqlangan pomidorlar nima uchun ta’mini yo‘qotishi sababini aniqladilar. Bunga bag‘ishlangan tadqiqot PNAS jurnalida chop etildi, deb yozadiKun.uz.

Florida universiteti professori Garri Kli boshchiligidagi olimlar guruhi 25 mingdan ko‘proq pomidor genining sovuq sharoitdagi holatini o‘rgandilar. Sovitish pomidor uchun jiddiy stress bo‘lib, u undagi yuzlab genlarning faoliyatiga putur yetkazadi, ulardan ba’zilari uchuvchan kimyoviy birikmalarning sintezi uchun javobgar hisoblanadi. Bu birikmalar pomidorning ta’mi va hidini to‘yingarroq qiladi. Ko‘plab enzimlar pomidor muzlatgichdan xona haroratidagi sharoitga olinganda ham tiklanmaydi.

Keyingi tahlil sovitish DNK metillashishi mexanizmida o‘zgarishlarga olib kelishini ko‘rsatdi. Metillashish genlarni uzoq vaqtga «o‘chirish» yoki «yoqish»ga imkon berishi sababli sovitishda hosil bo‘lgan buzilishlar pomidorning ta’m va hid sifatlariga uzoq muddatli effekt ko‘rsatishi mumkin

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


«Yog‘larni yeng va ozing» (Eat Fat, Get Thin) kitobining muallifi doktor Mark Xayman ozish uchun albatta yog‘li oziq-ovqat iste’mol qilish kerakligiga ishonchi komil. Uning fikricha, to‘g‘ri ovqatlanishning 5 ta asosiy qoidalari mavjud bo‘lib, ulardan ko‘pchiligi aynan tarkibida yetarli miqdorda yog‘lar bo‘lgan ovqatlarni iste’mol qilishga asoslangan.
Sabzavotlar — ovqatning asosi

Xayman parhezida ovqatning 70—80 foizi sabzavotlar, donlar, dukkaklilar va mevalardan iborat bo‘lishi lozimligi ko‘zda tutilgan.
O‘zingiz bilan yong‘oq va pista olib yuring

Muallifning aytishicha, sayohatlar vaqtida boshqa zararli mahsulotlarni yeb qo‘ymaslik uchun doimo o‘zi bilan paketchada yong‘oq olib yurar ekan. «Yog‘ va oqsil — mening tamaddim», — deydi u.
Saryog‘ va margarin o‘rniga — zaytun yog‘i

Zaytun yog‘i yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Shuningdek, ba’zi tekshirishlar xolesterinning umumiy miqdorini ham kamaytirishi mumkinli ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Ko‘pchilik parhezlar uglevodlarni (bunga non ham kiradi) cheklashga asoslangan. Haqiqatan ham shirin kulcha va oq nonlar vaznni oshirishga yordam beradi. Lekin qora va javdari nondan butunlay voz kechish yaramaydi. Buning sabablari bilan tanishing.
Kletchatkalarga boy

Organizmga ko‘pincha, ayniqsa qishda kletchatkalar yetishmaydi. Kletchatka organizmda vaznni nazorat qilib turuvchi to‘qlik hissini uyg‘otadi. Bir bo‘lak qora non tarkibida uch grammgacha kletchatka mavjud.
Yurak uchun foydali

Non tarkibida qondagi insulin miqdorini va yurak-tomir kasalliklari xavfini kamaytiruvchi B guruhiga mansub bo‘lgan ko‘plab vitaminlar bor.
Vitaminlar

Non tarkibidagi tiamin, riboflavin, niatsin tanaga uglevodlarni parchalashda va energiyaga aylantirishda yordam beradi. B6 vitamini asab tizimi faoliyatiga, foli kislotasi esa organizmning tiklash faoliyatiga yordam beradi.
Energiyani oshiradi

Meva va sabzavotlar kabi qora ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


50 yoshdan keyin soch oqarishi tabiiy holat hisoblanadi. Lekin 20 yoki 30 yoshda sochning oqara boshlashi tashvishlanishga arziydigan sabab bo‘lishi mumkin.

Jigar faoliyatining izdan chiqishi, qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi, ruhiy zarba va asabning zo‘riqish holatlari sochning erta oqarishiga olib keluvchi sabablar hisoblanadi. Bu muammoni mutaxassis shifokor – trixolog yordamida bartaraf etish mumkin. Biz esa oqarib turgan sochlar ko‘rinishiga qanday yordam berish to‘g‘risida maslahatlar bermoqchimiz.

Agar sochlar och rangda bo‘lsa va oqargan sochlar 50 foizdan ko‘p bo‘lmasa, yaxshisi bunday sochlarni melirovka qilgan ma’qulroq. Agar sochlarni butunlay bo‘yashga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, och rangli bo‘yoqlarni tanlashingiz mumkin.

Agar sizda oqargan sochlar onda-sonda bo‘lsa to‘ldiruvchi bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul.

Oqargan sochlar uchun xina ham ishlatish mumkin. O‘tmishda buvilarimiz xinadan tabiiy bo‘yoq sifatida foyd ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Asal qadim zamonlardan inson tanasi uchun eng foydali mahsulotlardan biri hisoblangan. Tarkibida zaruriy fermentlarning yuqori miqdori va tabiiy asalning qarishni sekinlashtirish qobiliyati, shifobaxs xususiyatlari uni supertaom sifatida qadrlanishiga asos bo‘lgan. Hozirda, bizlar ajdodlarimiz rioya qilgan tabiiy ovqatlanish qoidalarini tiklashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, har kuni asal (albatta tabiiysini) iste’mol qilishni kundalik hayotingizga joriy qila olsangiz, qanday ijobiy natijalarga erishish mumkinligi borasida ma’lumotlarni taqdim etamiz.



Teringiz tozalanadi. Asal tabiiy antioksidant hisoblangani bois, tananing ortiqcha toksinlardan xoli bo‘lishiga yordam beradi. U o‘zining antibakterial xususiyatlariga ko‘ra, teringizni soflashtiradi va tiniqlashtiradi.



Vazn tashlashni istaganlar ham asal tanovulini hayotlariga tatbiq etishlari mumkin. Asaldagi shakar, bizlar iste’mol qiluvchi oq shakar yoki qanddan farq qiladi. Shunday e ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Aytishlaricha, haqiqiy atir uzoq vaqtlar davomida ko‘plab kishilarning og‘ir mehnatlari evaziga yaratilgani uchun arzon bo‘lishi mumkin emas ekan.

Lekin shunday atirlar borki, baholari aqlga sig‘mas darajada yuqori. Shunday qilib, dunyodagi eng qimmat atirlar bilan tanishing.

5-o‘rin: Clive Christian No.1

Mashhur britanoyalik dizayner Klayv Kristian tomonidan yaratilgan atir uch karat javohir bilan bezatilgan ajoyib billur idishi bilan ajralib turadi. Har yili bu kamyob atirdan 1000 nusxa ishlab chiqariladi. 30 ml miqdordagi bu atirning bahosi 5500 dollarni tashkil qiladi.

4-o‘rin: Royal Arms Diamond Edition Perfume

Londondagi Floris uyi qirolicha Yelizaveta II ning javohir yubileyi sharafiga o‘ziga xos atir chiqardi. Atir har biri 20-asr boshlarida yaratilgan va javohir bilan bezatilgan 18 karatli tilla zanjirli 6 ta noyob shishalarga solingan. Bu atirning narxi 23 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

3-o‘rin: ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Ko‘pchiligimiz tong-la turib issiq qahva ichishga odatlanganmiz. Ba’zan ishlab charchasak ham darhol qahva damlab ichamiz va darrov tetiklashib, yana ishga sho‘ng‘ib ketamiz. Xo‘sh, bizni bir zumda tetiklashtiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan qahva haqida nimalarni bilamiz?

Neyropsixologlar tetiklantiruvchi alkogolsiz ichimliklarning miyaga ta’sirini tekshirishganda, shakar solingan qahva foydali ekanligi ma’lum bo‘ldi. Magnit-rezonansli tomografiya (MRT) yordamida muntazam qahva ichuvchilarda miyaning operativ xotira va diqqat-e’tibor uchun mas’ul hududlarida neyronlar faollashganligi kuzatilgan.

Olimlarning xulosasiga ko‘ra, kofein va glyukozaning birlashishi aqliy qobiliyatni yaxshilaydi, insonning tetiklanishi va katta hajmli ma’lumotlarni eslab qolishida yordamlashadi. Shakarsiz qahva esa bunday samara bermaydi, faqat tetiklashtiradi, xolos. Albatta, har kim ta’biga ko‘ra iste’mol qiladi. Kimgadir shakarli qahva ma’qul kelsa, kimdir achchiq qora qahva ichib ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 26.02.2017 | Комментарии (0)


Ko`pchilik ayollar bel va oyoq og`rig`idan shikoyat qilishadi. Organizmdagi bunday bezovtalikka o`zlaricha tashxis qo`yib, “Tuqqandan keyin shunaqa bo`ladi”, “Kuni bilan harakatdaman, charchagandirman”, “Yoshim o`tib boryapti-da” deya e`tiborsizlikka beriladilar. Aslida, bu shifokor nazoratini talab qiladigan holat. Bo`g`imlardagi og`riqning sabablari turlicha bo`lishi mumkin. Ulardan biri kalsiy etishmasligidir. Sut mahsulotlarini doimiy va to`g`ri iste`mol qilish esa organizmda kalsiy muvozanatini ta`minlaydi. Natijada, suyak va tishlarimiz mustahkamlanadi.



Sigir suti. Kuniga yarim litrdan sigir suti ichib turilsa, organizm vitamin va minerallarga to`yinadi. Chunki ushbu mahsulot tarkibidagi laktoza yurak, jigar va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. A vitaminiga boyligi bolalarning jismoniy o`sishiga ko`maklashadi. Sutni yotishdan avval ichsak, asablar tinchlanib, kechki uyqu sokin kechadi.

Sutning kundalik iste`moli infarkt va insultga chalinish x ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Sevgan kishingizga qaraganingizda qorachig`lar 45 % ga kattalashadi.
Dunyodagi xech bir odam ko`zlarini ochib aksirolmaydi.
Inson ko`zlarining hajmi tug`ilganida qanday bo`lsa, umri davomida o`zgarmay qoladi. Quloq va burun esa, aksincha, o`sishdan bir lahza ham to`xtamaydi.
Kosmonavtlar fazoga chiqqanlarida yig`lay olmaydilar. Gravitasiya tufayli ko`z yoshlar mayda pufakchaga aylanib, ko`zni achishtiradi.
Go`dak to ikki haftalik bo`lmaguncha ko`zidan zarracha yosh chiqmaydi.
Har bir ko`zda 107 milliondan ortiq hujayra bo`lib, ularning bari yorug`likni sezadi.
Ayollar erkaklarning ko`ziga qarab, ularning asl maqsadini aniqlab olishlari uchun 8 soniya kifoya qiladi.
Go`daklar 38 santimetr uzoqlikdagi narsalarnigina ko`ra oladilar. Buni qarangki, ona o`z farzandini emizayotganda uning yuzi boladan taxminin shuncha masofada bo`larkan.
Ko`zga biror narsa tushganida, yig`layotganda, yoki esnaganda ko`zyoshining tarkibi o`zgarib turadi. ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Ushbu meva S vitaminiga boy. O`rtacha kattalikdagi kivi tarkibida 92,7 mg. askorbin kislotasi mavjud. S vitamini kuchli antioksidant bo`lib, organizmni tez toliqib qolishdan asraydi, immunitetni oshiradi, yallig`lanish va miyaga qon quyilishi xavfini kamaytiradi.
Kivi tarkibidagi V guruhi vitaminlari, ayniqsa, V1 va V2 asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, jahlni jilovlashga yordam beradi.
Kivi iste`mol qilish kamqonlikning oldini olib, og`iz va ko`z shilliq pardalarini himoyalaydi. Bunga sabab tarkibidagi foliy kislotasidir. Homiladorlikka tayyorgarlik va homiladorlik davrida ayollarga kivi eyish tavsiya etiladi.
Sog`lom odam kuniga 3-4 gr. miqdorda kaliy moddasini qabul qilish kerak. 1 ta kivi esa o`zida 3 gr. kaliy moddasini jamlagan. Bu yurak-qon tomirlari faoliyati uchun foydali bo`lib, gipertoniya, uyquchilik, shishlar va mushaklar bilan bog`liq kasalliklar kuzatilganda foydali.
100 gr. kivi bir kunlik magniyga bo`lgan ehtiyojingizni 50 foizga qo ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 ... 9 10 »