Главная » Скачать музыку


Suvga tushib ketgan idishini olishni istagan ayol qo‘lidan ayrildi.

Kecha, 12 avgust kuni AQShning Florida shtati Uillards qishlog‘ida timsoh suv bo‘yida turgan ayolning qo‘lini butunlay uzib oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli ayol qirg‘oq turib, qo‘lidagi idishni suvga tushirib yuborgan. Uni olish istagida suvga engashgan vaqtida esa kutilmaganda paydo bo‘lgan timsoh unga hamla qilgan va qo‘lini uzib olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan ayol ko‘p qon yo‘qotgan. Shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholashmoqda.

Ayni damda nafaqat Floridada, balki AQShning boshqa shtatlaridagi suv havzalarida timsohlarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Timsohlarning insonlarga hamla qilishi bilan bog‘liq holatlar ham tobora ko‘p uchramoqda. Shu sababli, mahalliy hukumat aholini suv mavjud bo‘lgan joylarda ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.

Shu yilning iyun oyida Florida shtatidagi Disneylend ko‘ngilochar bog‘iga tegishli ko‘l oldida dam olayotgan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Apple kompaniyasi SIM-karta uchun ikkita slotga ega smartfonga patent oldi. Ekspertlarning aytishicha, ikki SIM-kartali iPhone’lar sentabr oyining boshidayoq taqdim etilishi mumkin. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.

Buni amalga oshirish uchun Apple smartfonni SIM-kartalar uchun ikkita slot, ikkita resiver, ikkita antenna va bitta radiouzatkich bilan ta’minlaydi. Ekspertlarning fikricha, 3,5 millimetrli portdan voz kechilishi barcha unsurlarni smartfon o‘lchamini kengaytirmasdan joylashtirish imkonini beradi.AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tomonidan e’lon qilingan patent arizasi Dual SIM Dual Active (DSDA) texnologiyasini tavsiflaydi. Unga ko‘ra, ikkita SIM-karta doimiy ravishda faol holatda bo‘lib, bir-biridan mustaqil ravishda bitta yoki alohida-alohida operatorlarning tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Dunyo bo‘ylab bir yilda 600ga yaqin sher o‘ldiriladi. Asosan Afrikada yashovchi bu hayvonlarning kelajagi xavf ostida.

Afrikada ikki nafar ovchi-brakoner sher hujumi natijasida halok bo‘ldi. Ular o‘ldirgan boshqa bir arslonning jasadi ustida suratga tushishga shaylanayotgan paytda yirtqich ovchilarga tashlangan.

Voqea Afrika savannasida yuz berdi. Ovchilardan biri ayol kishi bo‘lgan. Bu haqda “Day.az”yozmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Afrikada hozirgi kunda 30 mingdan ortiq sher yashaydi. Bu hayvonlarning mazkur qit’adagi bir asr oldingi soni 200 mingdan ortiq bo‘lgan. Afsuski, har yili dunyoda 600ga yaqin sher ko‘ngilxushlik va boshqa maqsadlar uchun ovchi-brakonerlar tomonidan o‘ldiriladi. “Hayvonlar shohi”ga nisbatan insoniyat shunday munosabatda bo‘lishda davom etsa, ularning yaqin 50 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi hech gap emas.

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Qiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida 16 yoshli kollej talabasi beshinchi qavat balkonidan tushib ketdi. Talaba qiz shifoxonada jon berdi, deya “Newskaz.ru” xabar berdi.

Ma’lumotlarga qarganda, voqea 13 iyulda yuz bergan.

“Shifoxonaga 2000 yilda tug‘ilgan talaba qiz olib kelindi. Uning bosh qismi juda og‘ir jarohatlangan edi. Qiz hushiga kelmay, 23 iyul kuni vafot etdi”, deydi Akmolinsk viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot kotibi Chanxi Utebaeva.

Politsiya voqea yuzasidan jinoiy ish ochdi va tergov ishlarini olib bormoqda. Taxminlarga ko‘ra, qiz sevgi tufayli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.

Ruslan Sulaymonov

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Kirill Shimko T-34, BelAZ va minorali kranlarni joyidan siljitgan

Beloruslik Ginnes rekordchisi Kirill Shimko dunyodagi eng yirik vertolyotlardan biri – Mi-26ni 20 metr masofaga tortib bordi. U mazkur rekordni Minsk shahridagi Lipki aerodromida o‘tkazilgan aviatsion sport festivalida o‘rnatdi.

Mi-26 vertolyotining vazni 28.2 tonnani tashkil etadi. Sportchining aytishicha, bunday og‘irlikdagi vertolyotni tortish uchun mashq qilish talab etiladi.

“Shaxsan men uchun ruhiy jihatdan mashq qilish juda muhim. Chunki men bir necha marta jiddiy jarohat olganman”, deydi Kirill.

Shimkoning so‘zlariga ko‘ra, bu safar u uchun jarohat olmaslik juda muhim bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kirill Shimko turli xil og‘ir texnikalarni o‘rnidan siljitishi bilan tilga tushgan. U T-34, BelAZ va minorali kranni o‘z hukmiga bo‘ysundirgan.

Rekordchi 1978 yilda tug‘ilgan. Uning bo‘yi 188 santimetr, vazni esa 130 kilogramni tashkil etadi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Rossiyalik talaba pokemonlardan iborat katta kollektsiyasini sotishga qarshi emas.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tahsil oluvchi talaba Grigoriy Timofeev “Pokemon Go” mobil o‘yinida dunyo rekordini o‘rnatdi. U cho‘ntak maxluqlaridan iborat eng katta kollektsiya yig‘di. Bu haqda TACC yozmoqda.

19 yoshli talaba oldingi rekord sohibi bo‘lgan va AQShdagi barcha pokemonlarni yig‘ib chiqqan amerikalikdan o‘zib ketdi.

Timofeevning so‘zlariga ko‘ra, u kollektsiyasini sotishga qarshi emas.

Rossiyada mazkur o‘yinning rasmiy relizi haligacha chiqmagan, shunga qaramasdan foydalanuvchilar “Pokemon Go” o‘yinini o‘z smartfonlariga qonunga xilof ravishda yuklab olishmoqda.

Avvalroq, “Pokemon Go” o‘ynayotgan ayol yo‘l-transport hodisasiga uchragani va og‘ir jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Ruslan Sulaymonov

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


18 yoshli ayol 38 haftalik homilasi bilan furgon tagida qoldi.

AQShning Missuri shtatida 18 yoshli homilador ayolni singlisi, qallig‘i va yaqinlari bilan “Pokemon Go” o‘yinini o‘yinayotgan paytda furgon urib yubordi. Avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochgan. Bu haqda “DailyMail” xabar bermoqda.

Zarbdan qattiq shikast yegan ayol hushini yo‘qotgan. Bu paytda uning homilasi 38 haftalik edi, deyiladi xabarda.

Jabrlanuvchi shifoxonada o‘ziga keldi. Uning homilasini saqlab qolish uchun shifokorlar bolani jarrohlik usuli bilan tug‘dirishdi.

Ayni damda ona va bolaning salomatligi joyida, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Jabrlanuvchining singlisi ma’lumot berishicha, furgon haydovchisi homilador ayolni tasodifan urib yubormagan. U avvaliga bir guruh o‘yin o‘ynayotganlar yonidan o‘tib ketgan va birdan burilib ayolning ustiga bostirib kelgan. Shundan so‘ng, haydovchi mashinani orqaga haydab, jabrlanuvchining oyog ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Og‘ir jinoyatni amalga oshirgan shaxs bir necha yil mobaynida imkoniyati cheklangan odamlar uchun mo‘ljallangan muassasada ishlagan.

Yaponiyalik odam nogironlar uchun mo‘ljallangan muassasada qirg‘in uyushtirdi, natijada 19 kishi halok bo‘ldi, 26 nafar odam jarohat oldi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Jinoyatchining o‘zi huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillariga taslim bo‘ldi. Ma’lumotlarga qaraganda, u oldin o‘zi hujum uyushtirgan nogironlar uyida bir necha yil ishlagan.

Xabarda yozilishicha, jinoyat mahalliy vaqt bilan 2:30da (Toshkent vaqti bilan 22:30da) Kanagava prefekturasidagi Sagamixara temir yo‘l bekatidan ikki kilometr uzoqlikdagi hududda sodir etildi. Qurollangan erkak muassasaga kirib, nogironlarni o‘ldirishni boshlagan. Jarohat olganlarning 20 nafari juda og‘ir ahvolda.

Jinoyat sodir etilganidan yarim soat o‘tib, qotil politsiya mahkamasiga kelib, aybiga iqror bo‘lgan.

Nogironlar uyida jami 160 kishi bo ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Suv omborida cho‘milayotgan paytda 9 yoshli o‘g‘il bola suvga cho‘kib ketdi.

Rossiyaning Perm o‘lkasida o‘g‘lining suvga cho‘kib ketib, halok bo‘lganini ko‘tara olmagan ota o‘z joniga qasd qildi.

Kecha, 24 iyul kuni Yusvin tumanidagi qishloqlardan birida yashovchi odamlar farzandlari bilan Kamskoe suv omboriga cho‘milishga borishdi. Cho‘milish chog‘ida to‘qqiz yoshli o‘g‘il va olti yoshli qizaloq qirg‘oqdan uzoqlashib, o‘zlarining bo‘ylaridan baland chuqurlikdagi suv hududiga borib qolishgan.

Bolalar suza olmay, cho‘ka boshlaganlarida shu yerdagi dam oluvchilar va bolalarning otasi ularni qutqarishga shoshildilar. Ular qizchani qutqarishga ulgurishdi. Biroq bolakay suv tubiga g‘arq bo‘ldi va oradan 5-10 daqiqa o‘tgach, uni suv ostidan olib chiqishdi. Birinchi tibbiy yordam ham bolaning hayotini saqlab qololmadi.

Bo‘lib o‘tgan voqeadan bir soat o‘tgach, politsiya mahkamasiga xabar kelib tushdi. Unga ko‘ra, bola halok bo‘lgan joy yaq ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Odamzod qorong‘ida ko‘ra olmaydi deb hisoblaysizmi, u holda adashasiz...

Xitoyda butunlay yangi irq vakili deb taxmin qilinayotgan bolakay yashaydi. Uning ko‘zlari neon-moviy rangda bo‘lib, xuddi mushuklarning ko‘zlariga o‘xshab yonadi.

Bolakayning ko‘zlari kechqurun ham juda yaxshi ko‘radi. Yusui o‘zining bu qobiliyatini avval ota-onasiga, keyin esa maktabdagi o‘qituvchilariga ko‘rsatdi.

O’qituvchilardan biri g‘aroyib xususiyat egasi haqida o‘z vatandoshlariga gapirib berishga qaror qildi va Yusuining nimaga qodir ekanligi haqida internetda yozdi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, bunaqa narsalarga ishonishi qiyin bo‘lgan pekinlik jurnalist mazkur xabarni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Bunda bir qator tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Yusuining qop-qorong‘i joyda yozuvlarni bemalol o‘qishi, kelganlarni lol qoldirdi.

Shundan so‘ng shifokorlar xitoylik bolakayning ko‘zlarini tekshirib ko‘rishdi va uning noodatiy tuzilishga ega ekanligini ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Bunday jirkanch ishga qo‘l urgan olti kishiga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin

Xitoylik olti nafar odam qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin. Bunga ularning kamayib ketayotgan Xitoy timsohini tiriklayin pishirgani sabab bo‘lmoqda. Yovvoyi tabiatda bu turdagi sudraluvchilarning bor yo‘g‘i 120tasi qolgan.

Vahshiy “oshpazlar” timsohning butun pishirilishi jarayonini videoga ham olishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu ayanchli voqea Xitoyning Anxoy provintsiyasida bo‘lib o‘tgan. Timsoh qanchalik harakat qilmasin, qaynayotgan suvdan chiqa olmadi, oxir-oqibat halok bo‘ldi.

“Oshpazlar” hayvonning qiynab o‘ldirilgani aks ettirilgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirishgan. Bu esa tomoshabinlarni yomon ahvolga solib qo‘ydi va ular politsiyaga shikoyat qilishdi. Shundan so‘ng, hayvon qotillari darhol qo‘lga olindi.

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Mutaxassislarning fikrlaricha, delfinlarning o‘limiga baliqchilarning baliq ovlash uchun tashlagan to‘rlari sabab bo‘lmoqda.

Kecha, 21 iyul kuni Bolgariyadagi Qora dengiz sohillarida yuzlab o‘lik delfinlarning jasadlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Reuters.com” xabar bermoqda.

2016 yilning boshidan beri qutqaruvchilar Qora dengizda 108ta o‘lik delfinlarni topishgandi. Kecha esa yil boshidan beri vafot etgan delfinlarning soni yana salkam 200taga ortdi.

Bolgariya ekologiya vaziri Ivelina Vasilevaning so‘zlariga ko‘ra, delfinlarning ommaviy ravishdagi o‘limiga baliqchilarning baliq ovlash uchun tashlagan to‘rlari sabab bo‘lmoqda.

“Baliq ovi uchun mo‘ljallangan to‘rlarga kirib qolayotgan delfinlar, mustahkam to‘rlardan chiqib keta olmayotgani sababli nobud bo‘lmoqda. Hukumat delfinlar ko‘payadigan hududlarda baliq ovini taqiqlash borasidagi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda”, deydi vazir vaziyatdan xavotirda ekanini yashirmay.

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Xitoy poytaxti Pekin chetidagi Badalin safari bog‘ida mashinadan ruxsatsiz tushgan ikki sayyoh ayolga yo‘lbarslar hujum qildi. Buning oqibatida ulardan biri halok bo‘ldi, ikkinchisi esa yaralandi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Ikkinchi ayol mashinadan tushib, dugonasiga yordam berishga oshiqqan, ammo shu paytda unga boshqa yo‘lbars hujum qilgan.Aytilishicha, ayollar janjallashib qolgan, ulardan biri mashinadan tushib, piyoda ketmoqchi bo‘lgan, shunda unga yo‘lbars tashlanib, yo‘l ichkarisiga sudrab ketgan.

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Nyu-Yorklik 36 yoshli Melissa Barvels homiladorlik chog‘ida pnevmoniya bilan og‘rigani uchun biologik o‘lim holatiga tushib qoldi va ikkinchi o‘g‘lini komada dunyoga keltirdi. Bu haqda “Dailymail.co.uk” nashri xabar bermoqda.

Homila 25 haftalik bo‘lganida Melissaning kutilmaganda tobi qochadi va to‘shakka mixlanib qoladi. Shifokorlar unda cho‘chqa grippi alomatlarini ham aniqlashdi. Shundan so‘ng, ona va bolaning hayotini saqlab qolish maqsadida Melissa sun’iy koma holatiga tushirildi va u 45 kun komada yotdi.

Bu orada esa homila 28 haftalik bo‘ldi. Shifokorlar esa ayolni davolash uchun qo‘llanilayotgan dori vositalari homilaga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi uchun chaqaloqni su’iy dard chaqirish yo‘li bilan tug‘dirib olishga qaror qilishdi. Davomiy ravishda olgan davo choralaridan so‘ng, to‘g‘ruqdan bir oy o‘tgach, Melissa o‘ziga keldi va o‘g‘lini ilk bor qo‘liga oldi.

Mazkur voqea 2014 yilda sodir bo‘lgan. Ayni damda ona va bolaning solamatligi j ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


«Islom.uz» saytining savollar bo‘limiga tashrif buyurgan foydalanuvchilardan biri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali tomonidan efirga uzatilgan «Mahobhorat» serialini tomosha qilish shariatga to‘g‘ri kelishi yoki yo‘qligi borasida savol bilan murojaat qildi. Bu haqda "Daryo" ma’lum qildi.

«Mahobhorat filmini ko‘rish shariatga to‘g‘ri keladimi? Filmlar haqida yozilgan maqolani o‘qidim, ammo yaqinlarimga shu haqida aytsam, ular ‘shariatga to‘g‘ri kelmagan joyiga e’tibor bermaysan’ deyishdi. Nima qilay?», — deb foydalanuvchi savol qoldirdi.

Bu savolga javob quyidagicha bo‘ldi: «Kufrga rozi bo‘lish, kufr hisoblanadi. Shu filmni ko‘rgan ko‘p odamlarning og‘izlaridan: ‘Janobi Ramga sharaflar bo‘lsin’ deyayotganlarini o‘zimiz ham eshitdik. Qanday qilib bu so‘zni kufr deb bo‘lmaydi?»

Ma’lumot uchun, «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida begim kunlari soat 20:30 da namoyish etib kelinayotgan «Mahobhorat» seriali TV-d ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Maktabni tugatib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan qizlarning orzulari osmon, kelajak hayotdan umidlari bir dunyo bo‘lishi hammamizga ayon, chunki har birimiz bu davrdan o‘tkanmiz. Lekin, o‘sha davrda orzularga erishish oson emasligini, buning uchun juda ko‘p to‘siqlardan o‘tishimiz kerakligini hayolimizga ham keltirmaganmiz…

Shunday orzularga ega bir yosh qiz, yaxshi kasbga ega bo‘lish niyatida imtihonlarga puxta tayyorlanib, obro‘li kollejlardan biriga o‘qishga kiribdi. Kelajagi sari qo‘ygan birinchi qadami muvaffaqiyatli bo‘lganidan rag‘batlangan qiz bor kuchi va shijoati bilan o‘qiy boshlabdi. Bu orada u yangi dugonalar, do‘stlar orttiribdi. Ularning o‘qishga ishtiyoqi kuchli bo‘lmaganligi, fikri-hayollari o‘yin-kulgi bilan bandligi asta-sekin qizga ham ta’sir qila boshlabdi. O‘qishni a’lo baholar bilan boshlagan qizning davomadi o‘quv davri yakuniga kelib ancha sustlashibdi. Ikkinchi bosqichda esa yonida yigitlar o‘ralasha boshlabdi. Qiz onasining so‘zlarini esidan chi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 31.01.2017 | Комментарии (0)


Amerika politsiyachlari 14 yashar o‘smir (tergov manfaatlarini ko‘zlab jinoyatchining ismi va yashash manzili sir tutilyapti)ni qamoqqa olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, u anchadan beri 3 yoshli qizaloqqa “enaga”lik qilib, pul topardi. Kecha ham navbatdagi maoshini olgach, qizaloq bilan uyda qoldi. Qizchaning onasi ish bilan shaharga ketgandi. O‘smir o‘tira-o‘tira, maoshni o‘rtoqlari bilan nishonlashni xohlab qoldi va darhol qo‘ng‘iroq qilib ularni “ziyofat”ga chorladi. Zum o‘tmay, dasturxon spirtli ichimlik va giyohvand moddalar bilan “bezatildi”. Baxtga qarshi qizaloq shu tobda injiqlik qila boshladi. Kayf-safosini buzganidan achchiqlangan o‘smir uni sira o‘ylab o‘tirmay, kir yuvish mashinasiga qamadi-yu, mashinani yoqib yubordi. Qizaloq qancha muddat kir yuvish mashinasida “yuvilgani” ma’lum emas. Onasi kelib bu voqeaga guvoh bo‘lgan-u, dahshatdan jon berayozgan.
Qizaloqni kir yuvish mashinasidan chiqarib olishganda, a’zoyi badani ko‘karib ketgandi.

Ayni kunda o‘smir ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)


Haqiqiy muhabbatning yo`lini hech nima, hatto dovul ham to`solmaydi. Xitoylik kelin-kuyov noqulay vaziyatda qoldi, to`yga taklif etilgan 300 kishidan deyarli hech kim nikoh oqshomiga kelmadi, deb xabar berdi “Misstits.ru” nashri.

Bu voqea o`tgan haftaning dam olish kunida ro`y berdi. Xitoyning bir qancha viloyatlarida yuz bergan dovul tufayli odamlar uydan chiqishga xavfsirashgan. Ammo tabiiy ofat kelin Chjou Tyanni yo`ldan qaytara olmadi, u sevgan yori bilan nikohdan o`tdi. 300 kishiga mo`ljallab, bezatilgan to`yxona bo`m-bo`sh, yaqin qarindoshlari bo`lmish 10 kishi tashrif buyurishiga qaramay, kuyov ham kelinni mehrob yonida kutdi.

Kelin-kuyov bir-biriga nikoh qasamini aytayotganda, kelin Chjou shunday dedi: “Mehmonlarning, qo`llab-quvvatlovchi insonlarning, mushakbozlikning yo`qligi meni tashvishga solmaydi. Asosiysi siz yonimdasiz, yomg`irdan ivib ketgan kiyimingizning ham ahamiyati yo`q, qanday voqea ro`y berishidan qat`iy nazar, baribir sizga turmushga c ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)


AQShning nikoh to`g`risidagi qonunlari boshqa hech qaysi mamlakatda uchramaydi, bu hatto amerikaliklarning o`zlari uchun ham kulguli sanaladi, deydi “Sosmo.ru” nashri.

Quyida AQShning ba`zi bir shtatlarida qabul qilingan qonunlarni e`tiboringizga havola etamiz. Bu qonunlarni boshqa shtatlarda yashovchilar latifa tarzida aytib yurishadi.

1. Er va xotin yonma-yon, kiyimsiz yotishi taqiqlanadi
Massachusets shtatining Salem shahri XVII asrlarda ayollarni yalmog`izlikda ayblab, sud qilishda dong chiqargan shaharlardan biridir. “Salem yalmog`izlari” o`limidan keyin oqlangan. Oradan shuncha vaqt o`tishiga qaramay, bu qonunlarning ta`siri bizning zamongacha yetib kelgan. Masalan, er va xotin o`zlarining shaxsiy uyidan boshqa joyda yonma-yon va kiyimsiz yotishi taqiqlanadi. Qonun rasman tan olingan bo`lsa-da, mehmonxonada yoki ijara uyda yotgan er-xotinlar dorga tortilmaydi.

2. Kelin-kuyov o`rniga uning vazifasini dublyor bajarishi mumkin
To` ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)


Ramazon Hayiti kuni Moskvadagi 15 ta halol restoran mehmonlarga bepul shirinliklar ulashadi. Bu haqda, shahar musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Ramazon oyi tugaganidan so‘ng bir necha kun mobaynida musulmonlar dasturxon yozib, yaqinlarini, qarindoshlarini, hamkasblarini mehmon qiladi. Biz bu odatga sodiq qolamiz. Shu tariqa, shahar Ro‘za Hayitini islom an’analariga ko‘ra, mehmondo‘stlik ruhida nishonlash uchun ulkan maydonga aylanadi”, — qo‘shimcha qilinadi matbuot xizmatida.“Faqat 5-iyul kuni muborak Ro‘za Hayiti munosabati bilan Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi halol restoranlar uyushmasi bilan hamkorlikda saxiy hadya beradi: poytaxtdagi halol restoranlarning barcha mehmonlariga shirinliklar ulashiladi”, — deyiladi xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq diniy boshqarma Ramazon Hayiti munosabati bilan mahbuslar va harbiy xizmatchilarga 1,5 ming sovg‘a ulashishi ma’lum bo‘lgan edi.

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 28.01.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 9 10 11 12 »
uCoz