Главная » Скачать музыку


Joriy yil oxiriga qadar General Motors Chevrolet brendini ikki bozor — Hindiston va Janubiy Afrika respublikasidan olib chiqadi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.

Bu maqsadlar uchun konsern tomonidan 500 million dollar sarflanadi, tejaladigan mablag‘ esa yiliga 100 million dollarni tashkil etadi.

Hindistondagi zavod avtomobillarni faqat eksportga yig‘ishga yo‘naltiriladi, Port-Elizabet shahridagi (JAR) korxona esa Isuzu kompaniyasiga sotiladi.

Financial Times nashriga ko‘ra, Chevrolet ikki mamlakatni sotuv hajmi pastligi tufayli tark etmoqda. Jumladan, Hindistonda brend bozorning 0,9 foizini egallagan. 21-mart kuni yakunlangan o‘tgan moliyaviy yilda sotuv 25,8 ming dona mashinani tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: Suzuki Hindiston bozorining 47, Hyundai esa 16,7 foizini egallagan.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 19.05.2017 | Комментарии (0)


“O‘zavtosanoat” AK va Peugeot Citroen guruhi o‘rtasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Yangi zavod O‘zbekistondagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida quriladi;
2019-yildan e’tiboran ichki va tashqi bozor uchun yiliga 16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi O‘zbekistondagi eksklyuziv korxonaning litsenziyasi;
Loyiha Peugeot Citroen guruhi va “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha ish olib boruvchi korxonalarning platforma va texnologiyalari asosida tashkil etiladi.
Yangi UzbekistanPeugeotCitroenAutomotive QK Peugeot Citroen guruhi va “O‘zavtosanoat” AK tomonidan barpo qilinmoqda. Hujjatga ko‘ra, yangi korxona “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, Toshkendan 200 km uzoqlikdagi hududda quriladi. Zavod Peugeot va Citroen brendlari ostida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishg ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)


Bundan buyon O‘zbekistonda “chiroyli” davlat avtomobil raqamlari rasman sotiladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Xalqaro press-klubning ikkinchi sessiyasida IIV YHXDB boshlig‘i X. Saydaliyevning bildirishicha, ayni paytda “chiroyli” raqamlarni pulli asosda sotib olish imkonini beradigan hujjatlar loyihasi tayyorlangan.

Hozircha boshqa tafsilotlar ma’lum emas.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 05.05.2017 | Комментарии (0)


Argentina poytaxti sudi buyurtma olish uchun Uber yo‘lovchi tashish onlayn xizmatidan foydalangan haydovchini shartli ravishda ikki kunlik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Buenos-Ayres prokraturasining axborotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, haydovchi “jamoat joyidan nomuvofiq foydalanish” va “noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanish”da aybdor deb topilgan. Shuningdek, sudya shartli ravishda haydovchiga ikki oy davomida avtomobil haydashni taqiqladi.

Prokuror Martin Lapaduning so‘zlariga ko‘ra, javobgarlikka tortilgan haydovchi ikki yil ichida yana Uber xizmatidan foydalansa yoki boshqa qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, shartli jazo haqiqiyga aylanadi.

Uber 2016-yil aprel oyida Buenos-Ayresda buyurtmalar qabul qilishni boshlagan. Shu oyning o‘zida poytaxt sudi taksichilar kasaba uyushmalaridan ariza qabul qilgan va shahar rahbariyatini ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqqunga qadar xizmat faoliyatini to‘xtatishga majbur qilgan edi. Kompaniy ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 18.04.2017 | Комментарии (0)


AQShda uzunligi 70 metr bo‘lgan avtomobillar yuvish shoxobchasi qurilmoqda. Uning egalari shoxobcha Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilishiga da’vogarlik qilmoqda, deya xabar beradi “Motor”.

Bino Texas shtatida barpo etiladi. Avtomobillar uning ichida maxsus konveyer tasmasi yordamida harakatlanadi.

Firma mijozlarga barcha xizmatlarni — to‘liq avtomatlashtirilganidan tortib, qo‘l bilan yuviladiganigacha taqdim etish niyatida.

Bugungi kunda Germaniyaning Shtutgart shahridagi korxona dunyodagi eng katta avtomobil yuvish shoxobchasi hisoblanadi. Bu yerda soatiga 400 tagacha mashinaga xizmat ko‘rsatiladi.

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 17.04.2017 | Комментарии (0)


Bugun Toshkent shahar hokimiyatida poytaxt hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tdi.

Brifingda Toshkent shahar hokimining poytaxt tumanlari hududida avtomototransport vositalarini saqlash joylarini tartibga keltirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidagi Qarori regulation.gov.uz portaliga muhokamaga qo`yilgani ma`lum qilindi.

Hokimning Qarori mahalla fuqarolariga sharoit yaratish, transport infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud tirbandliklarni oldini olish, mavzelar kesimida “Zamonaviy mahalla” namunaviy loyihasi asosida qurilish va keng ko`lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, shuningdek shaharsozlik qoidalari va sanitar normalari talablariga javob bermaydigan avtomototransport vositalarini saqlash qurilmalarini buzilishi hisobiga ko`p qavatli avtomototransport vositalarini saqlash joylarini qurish maqsadida qabul qilinishi ko`zda tutilgan.

Shahar arxit ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 15.04.2017 | Комментарии (0)


Lexus kompaniyasi LS sedanining sport versiyasini oshkor qildi. Kompaniya matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, yangi model LS 500F Sport deb nomlangan va 12 aprelda Nyu-Yorkdagi avtosalonda namoyish qilinadi.

Sedan yangi global platforma GA-L’ning uzaytirilgan versiyasida qurilgan. Kompaniyada ta`kidlanishicha, bu shassi yaxshiroq boshqaruvchanlikni, yurish ravonligini va salonda osoyishtalikni ta`minlaydi. Avtomobil o'zgacha yon yubkalar, 20 dyuymli g'ildirak disklari va yangi radiator panjarasi olgan.

Salonda sport o'rindiqlari, pedallarga alyumin qo'yilmalar, LC500 kupesidagi kabi asboblar paneli o'rnatilgan. Mashina, shuningdek, modernizatsiyalangan tormoz tizimi, qayta sozlangan rul boshqaruvi va takomillashgan pnevmopodveska bilan jihozlanadi.

Yangi mashina kapoti ostida benzinda ishlovchi 3,5 litrli V8 dvigateli o'rnatiladi. Motorning kuchi 415 ot kuchini tashkil qiladi va u 10 pog'onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlayd ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: G‘anisher | Дата: 13.04.2017 | Комментарии (0)


Avtomobil “yuragi” hisoblangan dvigatelning uzoq muddat beminnat xizmat qilishi motor moyini to‘g‘ri tanlash va uni o‘z vaqtida almashtirib turishga chambarchas bog‘liq. Ko‘pchilik yangi haydovchilar bu haqda yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmasa kerak. Shu bois navbatdagi maqola mavzusini motor moyini tanlash va uni almashtirishga bag‘ishladik.

Bu borada har bir haydovchi bilishi kerak bo‘lgan birinchi qoida — motor moyi avtomobil ishlab chiqaruvchilari talablariga to‘la-to‘kis mos kelishi kerak. Bunda sotuvchi, usta yoki boshqalarning fikri ikkinchi darajada turadi. Endi esa, keling, motor moyi tanlash borasidagi boshqa ma’lumot va tavsiyalarni e’tiboringizga havola etsak.

Motor moyi avtomobil rusumi, haydash joyining shart-sharoitlari, iqlimi, ob-havosi, avtomobilning yangi yoki eskiligi singari turli omillarga qarab tanlanadi. Odatda yangi avtomobillarga dillerlik xizmatlarida tavsiya etilgan motor moyi quyilgan bo‘ladi va bu haqda xizmatlar daftarchasiga qay ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 21.03.2017 | Комментарии (0)


Sirg`ali avtomobil bozorida 9 oktyabr, yakshanba kuni milliy avtomobillarning narxi o`tgan haftaga nisbatan tushgani kuzatildi, deb xabar beradi “Carzone”.

Nashr shuningdek Sirg`ali avtomobil bozorida sotilayotgan milliy avtomobillarning narxlarini ham keltirib o`tdi:

CAPTIVA (I) III
Ishlab chiqarilgan yili – 2008 y.
Yurgan masofasi – 98 000 km.
Narxi – 11 500 sh.b.

LACETTI III
Ishlab chiqarilgan yili – 2013 y.
Yurgan masofasi – 47 000 km.
Narxi – 9 500 sh.b.

LACETTI III
Ishlab chiqarilgan yili – 2010 y.
Yurgan masofasi – 180 000 km.
Narxi – 7 500 sh.b.

LACETTI II
Ishlab chiqarilgan yili – 2011 y.
Yurgan masofasi – 108 000 km.
Narxi – 7 700 sh.b.

LACETTI II
Ishlab chiqarilgan yili – 2015 y.
Yurgan masofasi – 33 000 km.
Narxi – 10 500 sh.b.

NEXIA DOHC
Ishlab chiqarilgan yili – 2007 y. ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)


Sirg`ali avtomobiol bozorida 2 oktyabr, yakshanba kuni eng ko`p ko`zga tashlangan avtomobil Spark bo`ldi, deb yozadi“Carzone.uz”.

Nashrning ma`lumot berishicha, avtomobil bozorida GM Uzbekistan avtomobillari quyidagi narxlarda sotilmoqda:

MALIBU II
Ishlab chiqarilgan yili – 2013 y.
Yurgan masofasi – 97 000 km.
Narxi – 15 000 sh.b.

GENTRA
Ishlab chiqarilgan yili – 2015 y.
Yurgan masofasi – 35 000 km.
Narxi – 10 700 sh.b.

LACETTI III
Ishlab chiqarilgan yili – 2009 y.
Yurgan masofasi – 118 000 km.
Narxi –7 000 sh.b.

LACETTI II
Ishlab chiqarilgan yili – 2013 y.
Yurgan masofasi – 120 000 km.
Narxi – 9 000 sh.b.

NEXIA II
Ishlab chiqarilgan yili – 2010 y.
Yurgan masofasi – 206 000 km.
Narxi – 5 500 sh.b.

NEXIA II
Ishlab chiqarilgan yili – 2015 y.
Yurgan masofasi – 18 000 km.
Nar ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)


Sirg`ali avtomobil bozori bu dam olish kuni odamlar bilan gavjum bo`ldi. Avtomobillarga to`xtaladigan bo`lsak, juda ko`p sotuvga chiqqan. Xorijiy avtomobillar narxi o`zgarmagan. Milliy avtomobillarimiz narxida ham deyarli o`zgarish yo`q. Bu bozor kuzatuvimizga ko`ra, nisbatan “Kobalt” avtomobili ko`p xarid qilindi. “Neksiya”, “Matiz” kabi avtoulovlarimizga ham qiziqish yuqori bo`lmoqda, deb yozadi “Carzone.uz”.

18 sentyabr holatiga ko`ra Sirg`ali avtomobil bozorida sotilayotgan milliy avtomobillarning narxlari:

CAPTIVA I
Ishlab chiqarilgan yili – 2009 y.
Yurgan masofasi – 89 000 km.
Narxi – 13 000 sh.b.

MALIBU II
Ishlab chiqarilgan yili – 2012-13 y.
Yurgan masofasi – 62 000 km.
Narxi – 13 800 sh.b.

LACETTI II
Ishlab chiqarilgan yili – 2013 y.
Yurgan masofasi – 44 000 km.
Narxi – 9 500 sh.b.

LACETTI (I)-II
Ishlab chiqarilgan yili – 2012 y.
Yurgan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)


Sirg`ali avtomobil bozorida bu yakshanba ham milliy avtomobillar juda ko`p sotuvga chiqdi. Ularnig narxi ham ishlab chiqarilgan yili va umumiy holatiga ko`ra belgilangan. Umuman olganda, esa bu bozor aynan milliy avtomobillarimizning oldingi bozorga nisbatan narxi pasaygani kuzatildi. Bu holat “Neksiya” va “Lasetti” markalarida yaqqol ko`zga tashlandi. Bu haqda “Carzone.uz” xabar bermoqda.

21 avgust holatiga ko`ra, Sirg`ali avtomobil bozorida sotilayotgan milliy avtomobillarning narxlari quyidagicha:

MALIBU I
Ishlab chiqarilgan yili – 2012 y.
Yurgan masofasi – 44 000 km.
Narxi – 12 000 sh.b.

LACETTI I
Ishlab chiqarilgan yili – 2013 y.
Yurgan masofasi – 9400 km.
Narxi – 10 000 sh.b.

LACETTI III
Ishlab chiqarilgan yili – 2015 y.
Yurgan masofasi – 11 800 km.
Narxi – 13 000 sh.b.

LACETTI II
Ishlab chiqarilgan yili – 2009 y.
Narxi – 7 200 sh.b.
... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)


Kanadalik ixtirochi Vilyam Liddyard mashinani nafaqat an’anaviy tarzda oldinga va orqaga, balki yon tomonlarga ham harakatlantiruvchi g‘ildiraklarni namoyish etdi, deb yozadi “Prikolno”. Shunday bo‘lsa-da, g‘ildirak odatiy shakldan farqli bo‘lmagan ko‘rinishga ega.

Kanadalik g‘ildiraklarni Liddiard Wheels deb atadi va ushbu texnologiyani har qanday g‘ildirakli transport vositalarida qo‘llash mumkinligini ta’kidlamoqda. G‘ildiraklar avtomobil konstruksiyasiga o‘zgartirish kiritishni talab qilmaydi. Shuningdek, ular oddiy g‘ildiraklarga xos xususiyatlarga ham ega.

Videodagi g‘ildiraklar prototiplardir. Liddyard yaqin orada o‘zi o‘ylab topgan konstruksiyaga yirik xaridor qidirib topish niyatini bildirdi.

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)


GM Uzbekistan dilerlik tarmog‘i Chevrolet avtomobillarining ayrim modellarini xaridning rasmiylashtirilishi hamon yoki bir necha kun ichida olib ketish imkoniyati bilan realizatsiya qilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.


Butun O‘zbekiston bo‘ylab 74 ta savdo maydonida Cobalt, Matiz va Lacetti modellarining bir nechtadan komplektatsiyasi taklif qilinmoqda. Avtomobillarni naqd va naqdsiz hisob-kitob yo‘li bilan, shuningdek, xalqaro plastik kartalar yordamida Markaziy bank kursi bo‘yicha AQSh dollarida xarid qilish mumkin.

“Rohat” saloni menejeri Murodjon Usmonovning ta’kidlashicha, Lacetti yoki Matiz mashinasini rasmiylashtirishga 45 daqiqa sarflanadi.

“Salonda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) punkti bor, u yerda Toshkent propiskasiga ega xaridorlar avtomobil sotib olingani haqida hisob-ma’lumotnoma taqdim etib (ma’lumotnoma narxi — 15 628 so‘m), darhol davlat raqamini olishi mumkin. Shu tariqa, mijozlarimiz bir kun ic ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida |  Добавил: Admin | Дата: 19.01.2017 | Комментарии (0)

uCoz