Четверг, 15.11.2018, 00:47
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Март » 11 » Alsgeymer kassaligi haqidagi “Oppoq orzular” filmining premyerasi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi
17:11
Alsgeymer kassaligi haqidagi “Oppoq orzular” filmining premyerasi qachon o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Rejissor Ibrohim Rasulovning “Oppoq orzular” deb nomlangan filmining premyerasi 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bir yildan ortiq vaqt davomida suratga olingan mazkur kartinada bosh rollarni xonanda va aktyor Anvar Sobirov hamda aktrisa Shahlo Temirovalar ijro etgan.

Filmda Behzod Muhammadkarimov, Muyassar Berdiqulova, Behzod Hamroyev, Malika Jo‘rayeva singari mahoratli aktyor va aktrisalar jamoasi jamlangan. Mikoyil Suleymanov ssenariysi asosida suratga olingan “Oppoq orzular” filmining premyerasi Alisher Navoiy nomli kino saroyida bo‘lib o‘tadi.

Film alsgeymer kassaligi haqidagi dunyo filmlari asosida ishlangan. “Oppoq orzular” filmning keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan premyerasiga film prodyuseri Zafar Shodmonov katta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Filmni 29-martdan boshlab Alisher Navoiy nomli kino saroyida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari | Добавил: Админ | Теги: Alsgeymer kassaligi haqidagi “Oppoq | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar