Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » «Allo» so‘zi haqida ma'lumot

«Allo» so‘zi haqida ma'lumot

Amerikalik telefon ixtirokchisi Aleksandr Bell o‘z suxbatdoshini jalb qilish uchun “Exo” so‘zi bilan foydalangan, “Exo” o‘z o‘rnida, dengizchilar jargonidan olingan bo‘lib, “Xoy palubadagilar” deganiga o‘xshash so‘z bo‘lgan. Bellning raqobatchisi, uning ixtirosini takomillashtirgan vatandoshi Tom Edisonga esa, suxbat davomida «Xellou» degan undov ishorasini qayd qilishgan. Bu so‘z rus tilining “Privet” yoki “Yey” ya’ni “Salom” yoki “Xoy” so‘zilariga mos keladi. Aytgancha, Edisonning eslashicha “Xellou” so‘zi uning o‘z ixtirosi bo‘lmish fonografga ham yozilgan. Telefoniyaning shiddat bilan rivojlanishida “Xellou” so‘zi ko‘p davlatlar orasida o‘z o‘rnini egalladi. Ba’zan, boshqa tillarning fonetik o‘zgarishlariga qarab, ushbu so‘z o‘zgacha aytila boshladi. Misol uchun, frantsuzlar “Allo” deb aytishadi, chunki, ularda “x” tovushi mavjud emas. Rossiyada xam ushbu xolatda mustaxkamlanib qoldi. Faqatgina ayrim davlatlardagina, o‘zlariga xos xolatda o‘zgardi. Italyaliklar go‘shakni olishganlarida “pronoto” deyishadi, (bu so‘z “tayyorman” degan ma’noni anglatadi), greklar «Embros» (ya’ni “olg‘a”, “oldinga” degani), yaponiyaliklar «Mosi-mosi» (gapiryapman-gapiryapman), turklar esa, «Efendim?» (Taqsir, Janob) dep suxbatdoshlariga javob berishadi.



Новости ««Allo» so‘zi haqida ma'lumot»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz