Понедельник, 10.12.2018, 15:59
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Апрель » 15 » 15-16 aprel kunlari O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
15:46
15-16 aprel kunlari O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

O`zgidromet bergan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljya orqali O`zbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabarida aytiladi.

17 aprel kuni nam va sovuq havo oqimining ta`siri respublika hududida saqlanib qoladi.

15-17 aprel kunlari respublikaning ko`plab hududlarida yomg`ir yog`ib, shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha bo`lishi mumkin. Tog`li hududlarda esa kuchli yomg`ir, momaqaldiroq bo`lishi kuzatiladi.

15-16 aprel kunlari havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda.

17 aprel kuni havo harorati pasayib, kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: 15-16 aprel kunlari Ozbekiston hudu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar