Главная » SHERLAR / ШЕРЛАР/ СМС СТИХИ » Xafa qilib qo'ydim otamni

Xafa qilib qo'ydim otamni

Xafa qilib qo'ydim otamni.

Kalta fahm nodonlarni deb,
Yot begona odamlarni deb,
Orasida ko'ksimni kerib,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Axir buni istamas edim,
Laganbardor izmida edim.
Yo'lg'on Mexrdan sarmast edim,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Meni deya qancha kuymadi,
O'stirgincha ne g'am yemadi,
Kiydirsa ham o'zi kiymadi.
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Naxot qadrin oyoq ostida,
Qildimmi yo jaxl ustida,
Ichimdagi dushman dastidan,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Otam borki borman to'rida,
Boy-u nochorlar xuzurida,
Quloq tutib shayton jo'rida,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Ollohimning g'azabi ayon,
O'tayotgan xar on namoyon,
Xudoyberdi yurak bag'ri qon,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Kechiring men nodon o'g'lingiz,
Parvardigor bersin umringiz,
Og'ritib qo'ydimda dilingiz,
Xafa qilib qo'ydim otamni.

Aqlim kirdi shukur vaqtida,
Borliglari oilam baxtida,
Umri uzoq bo'lsin otamni,
Va mexribonim aziz onamni!



«Xafa qilib qo'ydim otamni»


Всего комментариев: 0
avatar