Главная » SHERLAR / ШЕРЛАР/ СМС СТИХИ » Ikki xil olam 2019

Ikki xil olam 2019

Sen-u men bir dunyodamiz,
Lekin o'zga bir olammiz.
Bir-birimizni desak ham,
Lekin ikki xil odammiz.

Istar qalblar, aql emas,
Ko'ngil o'zgasini demas.
Birga bo'lish bizga emas,
Chunki o'zga bir olammiz.

Ko'rsa yurak jizz etsam ham,
Vujud ishq deb qon yutsa ham.
Yot begona bir olammiz,
Bizlar ikki hil odammiz.

Birga bo'lish u bir sarob,
Teng emasmiz,
tushmaymiz bob,
Ikki olamda ishq xarob,
Bizlar ikki xil odammiz.

Mayli rozimiz ayriliq,
Bir-birimiz etsin yiroq.
Begona bo'lmoq yaxshiroq,
Bizlar ikki hil odammiz.

Tangrim bizni yiroq etgin,
Ikki qalblarni ovutgin.
Mos emasmiz, ayro etgin,
Bizlar ikki xil odammiz.

Xudoyberdi To'ychiyev



«Ikki xil olam 2019»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz