Главная » SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека » Yolg'on sevgi

Yolg'on sevgi

Biz sevgini o'yin aylabon
Qalbimizni etdikda ado.
Boshimizga yog'dirdik balo.
Bilmay qo'ydik qadamni xato.

Garchi yurak ishqqa begona
Edi lekin aldadik o'zni,
Tanishishga sevgi baxona,
Yolg'on dedik, dildagi so'zni.

Javobiga ishq bizni o'yin
Qildi hamon ko'zimizda yosh.
Ko'ngil bog'lab tovladi bo'yin
Raxm bilmas, bo'ldi bag'ritosh.

Ko'ngillarni yaqin etdi-yu,
Ayriliqni yiroq etmadi.
Birga bo'lish endi imkonsiz,
Xazilini davom etadi.

Sababchi biz, gunoxkordur biz
Qismatimiz shudir ming afsus
Xazilimiz qilib ovora
O'zimizni aldadi yo rab.

Biz sevgini o'yin aylabon
Qalbimizni etdikda ado.
Maqsad ermak, qilgancha tomon,
Bilmay qo'ydik qadamni xato...



«Yolg'on sevgi»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz