Главная » SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека » Otmasin tong bu kecha...

Otmasin tong bu kecha...

Yog'sin yomg'ir tinmasin,
Yor yig'lasin tinguncha.
Yangalar yor-yor aytmasin,
Otmasin tong bu kеcha.
.
Ko'z o'ngimdan o'tarsan,
Jonim olgin tongacha.
Kabutardеk kеtmoqdasan,
Otmasin tong bu kеcha.
.
Yomg'ir yog'ar shivirlab,
Bеvafo dеr pichirlab,
Artma ko'zlaring jo'rttaga,
Boylik qo'ygan sеxirlab.
.
Baht qasrini xavas qilib,
Kеtdi mеn qurguncha.
Qoldi ishqim aybim bo'lib,
Otmasin tong bu kеcha.
.
I
Buyuk ishqim dardlari,
Qiynar mеn o'lguncha.
Buncha uzun xijron tunlari,
Otmasin tong bu kеcha.
.
Yog'sin yomg'ir tinmasin,
Yor yig'lasin tinguncha.
Oshkor bo'lsin sirlari,
Otmasin tong bu kеcha....



«Otmasin tong bu kecha...»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz