Главная » SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека » Men sevgan qiz endi kelin

Men sevgan qiz endi kelin

Bahordan ham qoldi ko'nglim,
sevib og'ridi bu dilim.
endi boshqa taqdir yo'lim,
men sevgan qiz endi kelin.

Sevgimizga qoydi nuqta
Bo'lgan ishqi yolg'on soxta,
Qoldirgancha ketti dog'da
Men sevgan qiz endi kelin.

Qoldi qalbi men vayrona,
Kozlarimdan yoshlar toma.
Qo'lda to'yga taklifnoma,
Men sevgan qiz endi kelin.

yor-yor aytib olib ketdi,
yurak bag'ri to'lib ketdi.
sevgi xafa bo'lib ketdi,
men sevgan qiz endi kelin.

Yasholmayman xech ham sira,
O'lim afzal undan ko'ra.
Ezar o'tmishdan xotira,
Men sevgan qiz endi kelin.

Ozor berdim o'z-o'zimga,
Azob tiqilar bo'g'zimga.
Yetolmadim yulduzimga,
Men sevgan qiz endi kelin.

endi sevmayman xech kimni,
shuncha tirnab yuragimni.
sizga aytayin dardimni,
men sevgan qiz endi kelin.

Bahordan ham qoldi ko'nglim,
sevib og'ridi bu dilim.
endi boshqa taqdir yo'lim,
men sevgan qiz endi kelin.

Xudoyberdi To'ychiyev



«Men sevgan qiz endi kelin»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz