Главная » SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека » Kechirmayman

Kechirmayman

Kuyib bo'ldi yuragim
So'ndi orzu tilagim
Kerak bo'lmay qoldingku
Endi menga keragim

O'zing shuni xoxlading
Begonani izlading
Shirin bahtingdan kechib
Boyligini ko'zlading

Gulim mayli ketaver
Senga qaytgin demayman
Ko'rinmagin ko'zimga
Endi xech kechirmayman

Mayli birga bo'laver
O'sha bilan yuraver
O'rzudagi hayoting
Birgalashib quraver

Sog'inmay qo'ydim sira
Menga bo'lding begona
Bahtliman hozir qara
Topdim men ham yagonam

Gulim mayli ketaver
Senga qaytgin demayman
Ko'rinmagin ko'zimga
Endi xech kechirmayman



«Kechirmayman»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz